Koʻplab Yevropa jenerik (brendlashtirilmagan dori) ishlab chiqaruvchilari Markaziy Osiyoni istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrishmoqda. Biroq yangi bozorga kirish faqatgina mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan iborat emas. Narx shakllanishi, raqobat muhiti, mahalliy targʻibot oʻziga xosliklarini tushunish va tizimli yondashuvdan foydalanish lozim.

Aynan shu sababli biz Dorim’da DORIM 360 loyihasini ishga tushirdik. Bu — Oʻzbekistonda farmatsevtika brendlarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga qaratilgan majmuaviy dasturdir. Biz mahsulotni barcha asosiy bosqichlarda — bozor salohiyatini baholashdan tortib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga tayyorlashgacha hamrohlik qilamiz.

  • Molekula boʻyicha raqobat tahlili — bozordagi mavjud oʻyinchilar, ularning ulushlari, narx pozitsiyasi va qondirilmagan tibbiy ehtiyojlarni baholash.
  • Patient Flow usuli orqali bozor salohiyatini toʻliq hisoblash — bemorning kasallik tarqalishidan tortib to bevosita davolanishgacha boʻlgan yoʻlini shakllantirish. Bu muayyan molekulaning ham joriy bozor hajmini, ham uzoq muddatli salohiyatini aniqlash imkonini beradi.
  • Roʻyxatdan oʻtgandan keyingi 3 yillik reja asosida bozorga kirish strategiyasi — barqaror tijoriy natijalarga erishish, doimiy talabni shakllantirish va preparatni klinik amaliyotga tatbiq etish.
  • Prognoz qilingan savdo hajmlariga erishilgandan soʻng — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokni yanada chuqurlashtirish.

Nima uchun aynan Sharqiy Yevropaga eʼtibor qaratilmoqda?

Oʻzbekistonda allaqachon Yevropa GMP standartlariga ega mahalliy zavodlar faoliyat koʻrsatmoqda — mahsulotlar sifatiga shubha yoʻq. Shu bilan birga, Sharqiy Yevropa ishlab chiqaruvchilarining narxlari ancha raqobatbardosh (chunki ular Hindiston va Xitoy bilan raqobatlashishga majbur). Shu bilan birga, Yevropa brendlarining Oʻzbekistonda oʻz sodiq bemorlar qatlamiga ega va u ancha keng. Bozorga muvozanat kerak: har bir isteʼmolchi har qanday — Yevropa, Hindiston, Xitoy yoki Oʻzbekiston dori vositasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.

Yoʻl xaritasi qanday koʻrinishga ega?
Dastlabki uch yil davomida DORIM 360 rejalashtirilgan savdo hajmlariga chiqishga yordam beradi. Keyingi bosqich — mahalliylashtirish va miqyosni kengaytirish (skayling). Besh yildan soʻng ishlab chiqaruvchi shunchaki eksport kanaliga emas, balki Oʻzbekistonda uzoq muddatli oʻsish istiqbollariga ega boʻlgan toʻlaqonli va barqaror biznesga ega boʻladi.

Markaziy Osiyoning eng tez oʻsib borayotgan farmatsevtika bozorlaridan birida ishonchli start olish, brendni rivojlantirish va mahalliy ishtirokni shakllantirish strategiyasidir.

Agar siz ham oʻz portfelingizni Oʻzbekiston bozoriga olib kirishni va barqaror biznes qurishni istasangiz — biz bilan aʻloqaga chiqing va biz sizning keysingiz misolida barcha tafsilotlarni muhokama qilamiz.

Muallif:

Nodira Akhrarkhodzhaeva
CEO, Dorim
E-mail: nodira.akhrar@dorim.com

Biz bilan bogʻlaning:
+998 (78) 113-77-55