Bugungi kunda O‘zbekiston bozoriga kirish oson ish emas — aniq rejasiz vaqt va byudjetni yo‘qotishingiz mumkin. So‘nggi ikki yil ichida o‘yin qoidalari sezilarli darajada o‘zgardi.

Birinchi yetkazib berishdan oldin e’tiborga olish kerak bo‘lgan 7 ta muhim qadam:

1. Patsientlar oqimi (patient flow) tahlili va bozorning real salohiyati

To‘g‘ri tuzilgan va ma’lumotlarga asoslangan patient flow muvaffaqiyatli startning asosiy omillaridan biridir. Biz kasalliklar tarqalishini tahlil qilishga, tashxis qo‘yilgan va qo‘yilmagan bemorlar sonini baholashga hamda bozor salohiyatini real tushunishga yordam beramiz. Shuningdek, raqobatchilarning patsientlar oqimini baholaymiz, bu mahsulotingiz pozitsiyasini va o‘sish nuqtalarini aniqroq belgilashga yordam beradi.

2. Ro‘yxatdan o‘tkazish va «Fast Track» tartibi  

Standart ro‘yxatdan o‘tkazish 210 kungacha davom etadi. Biroq Yevropa Ittifoqi (EMRN, 30 ta mamlakat), AQSh, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Buyuk Britaniya va Shveytsariya tomonidan ma’qullangan dorilar uchun tezlashtirilgan (tan olish) tartibi mavjud. Dorim mahsulotingiz ushbu tartibga mos kelishini aniqlashga yordam beradi.

3. Yangi mahsulot uchun to‘g‘ri narx belgilash  

Retsept bo‘yicha beriladigan dori vositasining narxi 10 ta referent mamlakatdagi o‘rtacha narxdan yuqori bo‘lishi mumkin emas: Rossiya, Ukraina, Polsha, Qozog‘iston, Bolgariya, Belarus, Vengriya, Turkiya, Ruminiya, Misr. 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2500 dan ortiq SKU uchun yangi narxlar kutilmoqda. **Dorim BI** tahliliy mahsuloti 100 dan ortiq distribyutorlardagi raqobatchilar narxlarini tahlil qilishga yordam beradi.

4. Logistika va bozorga chiqishning to‘g‘ri vaqti (tayming) 

Mavsumiylikni, mahalliy iste’molchi va biznes xulq-atvorini hisobga oling. Narxlar pasayishi e’lon qilinganda distribyutorlar ko‘pincha xaridlarni muzlatib qo‘yishadi — natijada bir oylik sotuvni yo‘qotishingiz mumkin. Biz buni o‘z ma’lumotlarimizda ko‘ramiz va yetkazib berish jadvalini moslashtirishga yordam beramiz.

5. To‘g‘ri sotuv modelini ta’minlash  

Gap faqat distribyutorni tanlash haqida emas, balki bemorlar uchun mahsulot mavjudligini kafolatlaydigan tizimni qurish haqida bormoqda. Bizning ma’lumotlarimiz qaysi hamkorlar ishonchli ishlayotganini va mahsulotni dorixonalarga haqiqatan yetkazib berishini ko‘rsatadi.

6. ASL Belgisi raqamli markirovka (seriyalash)

Majburiy markirovka 2022-yildan beri amal qiladi. Bizning dorixona ERP-tizimimiz ushbu platforma bilan to‘liq integratsiya qilingan.

7. DMed elektron retseptlari  

2027-yil yanvar oyidan boshlab barcha retsept bo‘yicha dorilar elektron retseptlarga o‘tadi. Agar mahsulotingiz tizimga integratsiya qilinmagan bo‘lsa, shifokorlar uni yozib bera olmaydilar. Biz DMed bilan allaqachon hamkorlik qilamiz va sheriklarga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishga yordam beramiz.

Nima uchun Dorim? 

Yangi mahsulotlarning bozorga chiqishi ko‘pincha mahsulot sifati tufayli emas, balki quyidagi sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatsizlikka uchraydi:  

– noto‘g‘ri tanlangan start vaqti  

– dorixona tarmoqlariga yetarli darajada kirib bormaslik 

– noto‘g‘ri narx arxitekturasi

– mahalliy talab xaritasining yo‘qligi  

Dorim ushbu muammolarni real bozor ma’lumotlari, aniq prognozlar va davlat tizimlari bilan integratsiya orqali hal qilishga yordam beradi.

Portfelingiz uchun batafsil chek-list olishni xohlaysizmi? Biz bilan aʻloqaga chiqing – biiz loyihangiz qaysi bosqichlarda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini ko‘rsatib beramiz.

Muallif:

Nodira Akhrarkhodzhaeva
CEO, Dorim
E-mail: nodira.akhrar@dorim.com

Biz bilan bogʻlaning:
+998 (78) 113-77-55