Hozirgi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida bir nechta tahliliy vositalar mavjud. Ularning har biri oʻziga xos afzallik va cheklovlarga ega. Hech bir manba bozor haqida toʻliq va mukammal tasavvur bera olmaydi. Eng muhimi — maʼlumotlarni bir-biriga solishtirish va ularni toʻgʻri oʻqiy bilishdir. Quyida ushbu vositalar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Drug Audit dasturi import, sertifikatlashtirish va mahsulotlar harakatini koʻrsatadi. U bozor hajmini (qiymat va hajm koʻrinishida) hamda distribyutorlar importini baholashga yordam beradi. Biroq u dorixonalardan yakuniy isteʼmolchiga boʻlgan haqiqiy savdoni (sell-out) aks ettirmaydi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishga oid maʼlumotlar koʻpincha toʻliq boʻlmaydi.

IQVIA — xalqaro standart hisoblanadi. Yirik brendlar va shakllangan toifalar (kategoriyalar) uchun juda yaxshi ishlaydi hamda ishonchli tendensiyalarni taqdim etadi. Shunga qaramay, yangi yoki kichik mahsulotlar uchun xatolik darajasi 40% gacha yetishi mumkin. Savdo hajmi qanchalik kichik boʻlsa, maʼlumotlarning notoʻgʻri chiqish xavfi shanchalik yuqori boʻladi.

Proxima tizimi oʻziga ulangan dorixonalarning maʼlumotlaridan foydalanadi — ammo faqat ushbu vositani qoʻllaydigan dorixonalar kesimida. Siz aniq SKU (mahsulot artikuli) darajasidagi savdo, zaxira qoldiqlari va aylanma haqida maʼlumot olasiz. Kamchiligi shundaki, u faqat tizimga ulangan nuqtalarnigina qamrab oladi. Butun bozor holatini baholash uchun maʼlumotlarni ekstrapolyatsiya qilish (umumlashtirish) talab etiladi.

FOM / DATFO ham dorixonalardagi chakana savdo (sell-out) maʼlumotlarini taqdim etadi, ammo faqat ushbu dasturlardan foydalanadigan dorixonalar asosida (jumladan, F-Apteka va ArzonApteka tizimlari orqali). Hududlar va dorixona tarmoqlari boʻyicha batafsil tahlilni koʻrsatadi. Bu dala jamoalari (tibbiy vakillar) faoliyatini kuzatish va marketingni baholash uchun qulaydir. Maʼlumotlarning aniqligi tanlanma (reprezentativlik) koʻrsatkichining qanchalik toʻgʻri ekanligiga bogʻliq.

Bu ishlab chiqaruvchi uchun nimani anglatadi? Faqatgina bitta hisobotga tayanib ish koʻrish xavflidir. Manbalarni oʻzaro solishtirish, ularning metodologiyasini tushunish va xulosa chiqarishga shoshilmaslik lozim. Tahlillar toʻgʻri talqin qilinganda, savdo hajmini kamida 25% va undan ham koʻproqqa oshirish mumkin.

Biz Dorim’da aynan shu bilan shugʻullanamiz: hamkorlarimizga shunchaki raqamlarga qarash emas, balki ularni toʻgʻri talqin qilish, maʼlumotlardagi tafovutlarni topish hamda tahlillarni savdoni oshirishga xizmat qiladigan amaliy qadamlarga aylantirishda yordam beramiz.

Sizning portfelingiz uchun qaysi maʼlumotlar manbasi eng samarali ekanini aniqlamoqchimisiz? Biz bilan aʻloqaga chiqing — brendlaringiz holatini birgalikda koʻrib chiqamiz.

Muallif:

Nodira Akhrarkhodzhaeva
CEO, Dorim
E-mail: nodira.akhrar@dorim.com

Biz bilan bogʻlaning:
+998 (78) 113-77-55