Referent narx belgilash O‘zbekiston farmatsevtika bozorining iqtisodiyotini shunchaki narxlarni arzonlashtirishdan ko‘ra chuqurroq o‘zgartirdi. Ba’zi kategoriyalar jiddiy zarar ko‘rdi, boshqalari esa yangi rivojlanish imkoniyatini oldi.

Eng ko‘p zarar ko‘rganlar

Eng katta zarba import qilinadigan original retseptli dori vositalariga tegdi. Turkiya va Misr referent narxlar savatiga qo‘shilgach, eski narxlar raqobatbardoshligini yo‘qotdi. Ayrim mahsulotlar bo‘yicha yo‘qotishlar sezilarli bo‘ldi. Distribyutorlar ortiqcha to‘lovlarni qaytarishga majbur bo‘ldi.

Davlat xaridlari uchun mo‘ljallangan dorilar (onkologiya, orfand kasalliklar) ham keskin pasayishni ko‘rsatdi. Pharma.xarid.uz orqali markazlashtirilgan xaridlarga o‘tish va GMP, GDP talablari kichik va sertifikatlanmagan ishtirokchilarni bozordan chiqarildi.

Umuman olganda, retseptli segment eng ko‘p zarar ko‘rdi, chunki retseptsiz dorilar (OTC) va biologik faol qo‘shimchalar (BFQ/BAA) referent nazorat ostiga tushmaydi. Dorixonalar o‘z KPI larini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi — endi ular yuqori marjadan emas, balki savdo aylanmasi va assortimentni optimallashtirishdan daromad topmoqda.

Qayerda o‘sish imkoniyati saqlanmoqda

Retseptsiz dorilar (OTC) va BAA lar aniq g‘olib bo‘ldi. Ularning narxlari tartibga solinmaydi, bu esa moslashuvchan narx siyosati, marketing va brending uchun keng imkoniyat qoldiradi. Bu sohada ishlab chiqaruvchi kuchli brend yaratib, faqat narx bilan emas, balki boshqa afzalliklar bilan ham raqobatlasha oladi.

Mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish — yana bir istiqbolli yo‘nalish. Hukumat import o‘rnini bosishni faol rag‘batlantirmoqda, texnologiyalar transferi allaqachon amalga oshirilmoqda. Hattoki Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) kabi yirik xalqaro moliya institutlari ham bu jarayonda ishtirok etmoqda — [ссылка](https://lnkd.in/dUtkdZvb). Import o‘rnini bosish salohiyati yiliga milliard dollardan ortiq deb baholanmoqda.

Jeneriklar ham talabda qolmoqda. Hukumat xorijiy kompaniyalardan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga texnologiyalarni o‘tkazish orqali jeneriklar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlamoqda. Import dorilar hali ham yuqori marjali segmentlarda ustunlik qilmoqda, ammo mahalliy ishlab chiqaruvchilar mass-market segmentida jiddiy ulush olish imkoniyatiga ega.

Xalqaro kompaniya uchun nimani bildiradi

Noshaffof narx belgilash va eksklyuzivlikka tayanib qolganlar o‘z pozitsiyalarini yo‘qotdi. Mahalliylashtirishga, OTC segmentida ishlashga va shaffof raqobatga tayyor bo‘lganlar esa o‘sib bormoqda.

Agar referent narxlar sizning portfel ingizga qanday ta’sir qilganini va siz uchun qanday yangi imkoniyatlar ochilayotganini bilmoqchi bo‘lsangiz — biz bilan bog’laning. Sizga aniq raqamlarni ko‘rsatamiz.

Muallif:

Nodira Akhrarkhodzhaeva
CEO, Dorim
E-mail: nodira.akhrar@dorim.com

Biz bilan bogʻlaning:
+998 (78) 113-77-55