Oʻzbekiston dorixona bozori tarkibiy oʻzgarishlar davrini boshidan kechirmoqda. 

Vaziyatni toʻgʻri baholash uchun egalar (yuridik shaxslar) soni va amaldagi dorixonalar soni oʻrtasidagi farqni tushunish lozim.

Rasmiy statistikaga koʻra, dorixona yoʻnalishidagi yuridik shaxslar soni 2021-yildagi ~12 500 tadan 2025-yilga kelib ~8 500 tagacha kamaygan. Biroq dorixona shaxobchalari soni qisqargani yoʻq: Dorim maʼlumotlar bazasida hozirda 13 176 ta faol dorixona roʻyxatdan oʻtgan. Endilikda bitta egaga toʻgʻri keladigan savdo nuqtalari soni avvalgiga qaraganda koʻproq. Bozor dorixonalarni yoʻqotayotgani yoʻq – u egalarini oʻzgartirmoqda.

Birlashish jarayonida nimalar yuz beryapti?

ksariyat yuridik shaxslar hamon faqat bitta dorixonani boshqaradi. Shunga qaramay, 248 ta yuridik shaxs ikkita yoki undan ortiq, 31 tasi esa oʻntadan ortiq filialga ega. Aslida dorixona tarmoqlari bundan ham koʻproq, biroq biz hamma filiallarni ham oʻz maʼlumotlarimizda koʻra olmaymiz. Dorim hisob-kitoblariga koʻra, soʻnggi ikki yil ichida dorixona tarmoqlari soni 50% dan koʻproqqa oʻsdi.

Distbyutorlar holati qanday?

Mamlakatda 250 ta distribyutor mavjud boʻlib, ulardan faqat 100 tasi faol ish yuritmoqda. Shundan bor-yoʻgʻi 4 ta distribyutor birdan ortiq filialga ega. Oʻrtacha hisobda bitta dorixona 5 ta distribyutor bilan hamkorlik qiladi.

Prognoz

Yuridik shaxslar soni ~8 500 tadan ~7 000 tagacha kamayishi mumkin. Bu dorixonalarning yopilishi hisobiga emas, balki dorixona nuqtalarining yirikroq va texnologik jihatdan ilgʻor oʻyinchilar boshqaruviga oʻtishi tufayli yuz beradi. Kichik oʻyinchilarga boʻlayotgan bosim raqamli hisob-kitob, seriyalash (markirovka), shaffoflik va avtomatlashtirish talablari bilan bogʻliq – bular kichik dorixonalar sarmoya kiritishga koʻpincha tayyor boʻlmagan jarayonlardir.

Bu bozorning torayishi emas, balki uning ulgʻayishidir: egalar soni kamroq, ammo yetuklik, shaffoflik va professionallik darajasi yuqoriroq. Bu ishlab chiqaruvchi uchun nimani anglatadi? Oʻsib borayotgan tarmoqlarning xaridlari markazlashgan sari, shunchaki talab yaratgan emas, balki mahsulotni dorixona peshtaxtasiga yetkazib bera olgan va uni u yerda ushlab tura olgan oʻyinchi gʻolib boʻladi. Tijorat strategiyangizni qayta koʻrib chiqish vaqti keldi.

Anʼanaviy yondashuv – talabni faqat tibbiyot mutaxassislari orqali shakllantirish – endi har doim ham kutilgan natijani bermayapti. Shifokorlar tomonidan retseptlar yozilishi darajasi yuqori boʻlsa-da, agar dori vositasi dorixonada mavjud boʻlmasa, savdo boy beriladi va rejadagi maqsadlarga erishilmaydi.

Bugungi kunda muvaffaqiyatning asosiy omillari: 

Distribyutsiya indeksini boshqarish, dorixonalarda mahsulot mavjudligini nazorat qilish, talabni prognozlash, zaxiralarni boshqarish va optimal sugʻurta zaxirasini saqlab turishdir. Masalan, bizning ERP (Integrated Pharmacy Operations Management Platform) tizimimizning 1-yanvardan 1-iyungacha boʻlgan maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, oʻrtacha hisobda bitta dorixona 5 ta distribyutor bilan ishlaydi. Bu ishlab chiqaruvchilar uchun aniq signal: mahsulotning peshtaxtada boʻlishini kafolatlash uchun bir nechta hamkorlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish zarur.

Aynan shu sababli Dorim talabni ragʻbatlantirish tashabbuslarini bemor uchun dorining jismoniy mavjudligini taʼminlaydigan vositalar bilan birlashtirishni tavsiya qiladi. Biz samarali distribyutsiyani yoʻlga qoʻyishda, distribyutsiya indeksini oshirishda va dorixonalarda mahsulotlar mavjudligini taʼminlashda yordam beramiz.

Strategiyangizni bozorning yangi tuzilmasiga moslashtirmoqchimisiz? Biz sizning portfelingizni tahlil qilib, samarali yechimlarni taklif etamiz.

Muallif:

Nodira Akhrarkhodzhaeva
CEO, Dorim
E-mail: nodira.akhrar@dorim.com

Biz bilan bogʻlaning:
+998 (78) 113-77-55